Zelenskiy Putinga Minskda uchrashishni taklif qildi

  • 17:06 / 08.07.2019
  • 287

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Minskda uchrashishni taklif qildi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvni AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron vositachiligida o‘tkazish taklif etilgan.

Avvalroq Ukraina sobiq moliya vaziri, hozirda xavfsizlik kengashi kotibi Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Shuningdek, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvida natija muhim ekanligini aytgandi.

Teglar