Zelenskiy Yevropa mamlakatlarini Rossiyaga sanksion bosimni oshirishga chaqirdi 

  • 17:52 / 06.04.2021
  • 64

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson telefon orqali suhbatlashib, Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishdi. 

“Prezident Buyuk Britaniya hukumati rahbariga Donbassdagi vaziyat keskinlashgani, Ukraina-Rossiya chegarasidagi Rossiyaning harbiy kontingenti kuchaytirilayotgani va Rossiyaning Minsk kelishuvi ijrosini buzishga urinayotgani haqida ma’lumot berdi”, deyiladi xabarda. 

Ukraina prezidenti Rossiyaning harakatlari Ukraina, NATO mamlakatlari va butun Yevropa xavfsizligiga tahdid solishini aytdi. U Buyuk Britaniya va alyansning boshqa mamlakatlarini mintaqadagi ishtirokni kuchaytirishga hamda Rossiyaga sanksion bosimni oshirishga chaqirgan.