Ziravor va masalliqlardan tayyorlangan fazoviy san'at asarlari

  • 06:51 / 26.04.2016
  • 15061

Bu suratlar osonlik bilan uzoq sayyoralar, cheksiz makonlar va fazoviy changlarning tasviri bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu siz o‘ylayotgan narsa emas. Buning hammasi oddiy skaner oynasiga terilgan taomlardir. 

Navid Barati fotograf-frilanser Epson V37 skanerida ziravorlar, masalliqlar va idishlarni terib ushbu g‘aroyib kosmik tarixni yaratgan. Baratining aytishicha, qora fon qurilma qopqog‘i olib tashlansa paydo bo‘ladi. U o‘z yangi fotosessiyasi uchun hatto har bir suratga olingan sahnalarga tashrif buyuradigan tadqiqodchilik missiyasi tarixini o‘ylab topgan. 

1. Yerga o‘xshash ushbu sayyora uchun Barati bir stakan suv, soya qaylasi, viski, kokos suti va ovqat qizartirgich aralashmasidan foydalangan. Fon tuz, un, karri va dolchindan yasalgan. 

2. Fotograf o‘z ijodiy faoliyatida yeyish mumkin bo‘lmagan mahsulotlardan ham foydalanadi. Masalan, mana bu galaktika tuz, un, kurkuma, shakar, dolchin va  mushuk yungidan yasalgan. 

3. Mana bu odamlar yashaydigan dunyo bir stakan apelsin sharbati, tomat qaylasi, vasabi va sutdan yasalgan. Orqa rejadagi tumanlik – bu qahva, qaymoq, suv va ovqat qizartirgichdir. Bu yerda nonushta uchun mahsulotlardan foydalanilganligi sababli, oy quymoqdan yasalgan, desa ham bo‘ladi. 

4. Yolg‘iz kukunlar yordamida Barati go‘zal va ajoyib tumanliklarni yaratishi mumkin...  

5. ... yulduzlar to‘plami…

6. ...va galaktikalar...

7. Suyuqliklarga sayyora shaklini berish uchun Barati ularni laboratoriya stakanlariga quyadi.  

8. Kichik kosmik organlarlarini yasashda u viski stakandan foydalandi.   

9. Ushbu galaktika pishloq, zira, karri kukuni, un, tuz, dolchin, mak urug‘i va kurkumadan yasalgan.

10. Mana bunday gaz birikmalarini hosil qilish uchun fotograf saryog‘dan foydalanadi. 

11. Ushbu Marsning egizagi qutblari qaymoqqa bir stakan tomat qaylasi, suv, soya qaylasi va ovqat qizartirgich qo‘shilib yasalgan. Yulduzlar sepilgan fon esa – bu un va soda.

12. Baratining eng g‘aroyib skaner san'ati qismlari – bu qahva, qaymoq, soya qaylasi, suv, ovqat qizartirgich, un va tuzdan yasalgan gazsimon quyunlanishdir.  

13. Ushbu ajablanarli quyosh tutilishi suratini fotograf bor yo‘g‘i uchta masalliq: pishloq kukuni, kurkuma va sodadan yasagan. 

14. Ushbu astroid aslida kartoshkadir. Astroid belbog‘ining qolgan qismi maydalangan pechene, qahva va maydalangan qalampir urug‘idan yasalgan. 

15. Eng batafsil surat juda ham mazali bo‘lishi mumkin (agar siz ziraga qarshi bo‘lmasangiz). Sayyora va oy blinchikdan yasalgan, fondagi tumanlik – bu zaytun moyi, dolchin, zira, tuz va suvdir.  

16. Bu  bor yo‘g‘i skaner oynasidagi ovqat bo‘lsada, baribir Baratining asarlari biz kechasi osmonda ko‘radigan narsalarga juda o‘xshaydi.  

17. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu shunchaki kosmos bo‘shlig‘i oralig‘idan nur sochib turadigan gaz va minerallarning ranglar uyg‘unligi siymosi hisoblanadi.

Teglar