Vannaxonangiz uchun qo‘l keluvchi foydali 8 layfxak

  • 09:45 / 13.09.2021
  • 114

Vannaxona bu doim tozalik va tartib bo‘lishi kerak bo‘lgan joy. Bu xonani ko‘ngildagidek  saqlash uchun kichik ayyorliklarga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Uy bekalarining ulardan boxabarligi esa yashashni ma’lum ma’noda osonlashtiradi.

1.  Hojatxona yoki vannaxona yoqimli hid taratishi uchun

 

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Hojatxona yoki vannaxonaga kirganda xushbo‘y hid kelishini hamma istaydi, nazarimda. Bu holatda havoni musaffolashtiruvchi vositalarning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki vosita sepilgach, bir necha vaqtdan so‘ng hidi butunlay yo‘qolib ketadi. Hojatxonani xushbo‘ylashtirish uchun hojatxona qog‘oziga tomizilgan bir necha tomchi efir moyi butun xonani tarovat bilan to‘ldiradi. O‘zingizga xush kelgan istagan efir moyidan foydalanishingiz mumkin.

2.  Sochiqlar shirin hid taratishi kerak

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Vannada turgan sochiq ba’zida nam tortib g‘alati hid taratadi. Buning oldini olish uchun quyidagi oddiy tavsiya yordam beradi. Bo‘sh purkagich olinadi va unga suv quyiladi. Ustiga istalgan efir moyi qo‘shiladi va sochiqqa purkab chiqiladi. Endi sochig‘ingiz ham, sochiq ilingan xona ham musaffo hid taratadi.

3.  Krem tyubiklari ko‘p joy egallamasligi uchun

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Vannaxonadagi qisqichlarni tyubiklarni qisish uchun qo‘llashingiz mumkin. Bu orqali siz kichik vannaxonangizda joyni tejagan bo‘lasiz. 

4.  Vannadagi gilamcha surilib ketmasligi uchun

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Vannaxonadagi gilamcha ko‘pincha surilib ketaverib insonni xunob qiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiy tavsiyadan foydalanishingiz mumkin. Yopishtirgich polga yelimlanadi va gilam yopishtiriladi. Endi uning sirg‘anish xususiyati kamayadi. 

5.  Sovun qoldig‘ini tashlab yubormang

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Bir qancha sovun qoldiqlarini mochalka ichiga solib, og‘zini mahkamlab sovun sifatida bemalol foydalanish mumkin. 

6.  Vannaxonadagi ko‘zgu parlanmasligi uchun

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Soqol olish uchun qo‘llaniluvchi gelni ko‘zguga surtsangiz, u parlanmaydi. Buning uchun gelni ko‘zgu yuzasiga bir xil tekislikda surtiladi va ustidan quruq sochiqda artib chiqiladi. 

7.  Sovundonda sovun erib ketayotgan bo‘lsa

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Ba’zida sovundonga sovunni suvi bilan solib qo‘yish oqibatida sovun erib qoladi. Agar idishga “gubka” solib qo‘ysangiz, sovun bu holatga tushmaydi. Chunki “gubka” ortiqcha namlikni o‘ziga tortib oladi va sovun quruqligicha qoladi.

8.  Eski sochiqlardan gilamcha to‘qiymiz

12 простых и действенных фишек для ванной комнаты, которые стоит попробовать каждой хозяйке

Ko‘p qo‘llanilgan sochiqni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni uzun-uzun kesmalarga bo‘lib, keyin ularni to‘qib chiqsangiz vanna xonangiz uchun nam shimuvchi zo‘r gilamcha hosil bo‘ladi.