“Sardoba” fojiasi qurbonlari haqida ma’lum qilindi. Ular Milliy gvardiya xodimlari bo‘lgan

  • 18:06 / 04.05.2020
  • 2433

Joriy yilning 1-may sanasida Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasining o‘pirilishi ortidan yuzaga kelgan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketganligi aytilmoqda.


“Shuni qayg‘u bilan xabar qilamizki, joriy yilning 1 may kuni erta tongda Sirdaryo  viloyati hududida joylashgan "Sardoba" suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan”, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida. 


Qayd etilishicha, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgan. Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari esa davom etmoqda.