“Titanik”da Rouzni suvdan qutqarib olgan qahramonning buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi: Unda o‘sha hushtak ham bor

  • 19:14 / 11.06.2020
  • 738

“Titanik” filmida muzlagan suvdan Rozani qutqarib olgan qora sochli ofitser kiyimidagi inson yodingizdami? Filmda aktyor Yoan Griffit ijro etgan personaj Garold Lou haqiqiy “Titanik” qahramoni edi. Faqat u halokat sodir bo‘lgan joyga birinchilardan bo‘lib borib, tirik qolganlarni “terib” olgan edi. Buyuk Britaniyada mana shu qahramonning buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

Oradan 108 yil o‘tib, Louning oilasi 76 000 dollarga ega bo‘lish uchun uning boyligini sotishmoqda. Boyliklar ichida Louga jasorati uchun taqdim qilingan teleskop ham bor. Buyumda “Garold Dj. Louga... “Titanik”ning haqiqiy qahramoniga”, degan yozuvlar qayd qilingan edi. Ushbu teleskop qiymati 25 000 dollarga baholangan. Shuningdek, sotuvga qo‘yilgan buyumlar orasida “Titanik” halokatidan tirik qolganlarni izlab topish uchun chalingan hushtak ham bor. 

Ma’lumot uchun
Garold Godfri Lou “Titanik” laynerining beshinchi ofitseri bo‘lgan. 1912-yil kema halokatga uchragan vaqtda Lou ko‘pgina ayollar va bolalarga yordam bergan, halokatli kechadan qutqarish uchun ularni qutqaruv qayig‘iga ko‘chirgan. Lou shuningdek, tirik qolganlarni qutqarish uchun halokat joyiga qaytib kelgan yagona ofitserdir. Ming afsuski, Lou faqatgina to‘rt kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. 1977-yili “Titanik” filmida ofitser Louning rolini aktyor Yoan Griffit o‘ynagan. Lou filmdagi asosiy personaj – muzlagan Rouzni qutqarib qolgan qahramondir.