1-aprel hazili emas. Habib Nurmagomedov “Humo”da ish boshlaydi

  • 11:47 / 01.04.2020
  • 1772

Toshkentning “Humo” xokkey klubi UFC’ning yengil vazn toifasidagi mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, aralash jang san’atlari ustasi klub a’zolariga yakka kurash bo‘yicha murabbiylik qiladi.

“Qanotlilar” himoyachisi Igor Merejko ushbu yangilikka o‘z munosabatini bildirdi.

“Jamoamiz bu yangilikni katta hayajon bilan qarshi oldi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz Arnis Riteniyeks jang san’ati bo‘yicha yaxshi mahoratga ega va endi Habib bilan birgalikda ular bizga ko‘plab yangi narsalarni o‘rgatishadi. Habibning jamoamizga kelishini sabrsizlik bilan kutyapmiz", deydi Merejko.