1 mln dollarlik kupyurani 40 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

  • 15:59 / 15.09.2021
  • 190

Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tezkor tadbir davomida fuqaro F.N. va I.P. lar oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U. ga 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.