1-sentyabrdan boshlab ID kartasi mavjud haydovchilardan ayrim hujjatlar talab qilinmaydi

  • 11:11 / 19.05.2021
  • 225

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab ID kartasi mavjud haydovchilardan ayrim hujjatlar talab qilinmaydi.

Ya’ni:
–  haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;
–  texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
–  avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma elektron shaklga o‘tkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilinmoqda.

Bu borada IIV YHXBB tomonidan “e-Protokol” axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida “ID karta”ni o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur tartib 19-maydan boshlab Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.