1-yanvargacha talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi

  • 15:08 / 12.09.2021
  • 153

Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta’minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar amalga oshiriladi:

-    oliy ta’lim muassasalari talabalarining hudud va oliy ta’lim muassasasi kesimidagi elektron bazasi yaratiladi;

-    talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi;

-    talabalar turar joylari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.