12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni 

  • 11:39 / 12.04.2021
  • 127

1961-yilning 12-aprel kuni Yuriy Gagarin insoniyat tarixida ilk marta orbital parvozni amalga oshirgan edi. 1968-yildan boshlab ushbu sana Xalqaro kosmonavtika kuni sifatida nishonlab kelinadi.

1.  Kosmonavtika tarixida biror fazogir kosmosda halok bo‘lgan emas. Halok bo‘lganlarning barchasi atmosferada hayot bilan vidolashgan.
2.  Fazogirlarning vaznsizlik holatida bo‘lishlari ularning suyaklaridagi kalsiy miqdorini kamaytiradi. 
3.  Kosmonavtlar aksariyat yeguliklarni suyuq holatda maxsus idishlardan iste’mol qilishadi. 
4.  Fazogirlar parvozning birinchi bosqichida vaznsizlik holati tufayli “kosmik kasallik”dan aziyat chekishadi. Bu holatda odamning boshi tinmay aylanadi va ko‘ngli ayniydi.
5.  Fazogirlarning ko‘pchiligi sayyoraga qaytganlaridan keyin buyumlarning yerga tushib ketishiga ko‘nika olmasdan qiynaladilar.