$12 mingga Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi

  • 13:07 / 16.06.2021
  • 144

Toshkentda IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 12 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N. va D.N.lar oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish masalasini 12 ming AQSh dollariga hal qilib berishga kelishib, shundan 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.