15-aprel – Xalqaro sanʼat va madaniyat kuni

  • 11:05 / 15.04.2021
  • 173

15-aprel sanasi butun dunyoda Xalqaro Sanʼat va madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Aynan mana shu kuni taniqli rassom va ixtirochi Leonardo da Vinchi ham dunyoga kelgan.

1. Qadimgi Rim haykallarining aksariyatida bosh sohasi ajralib chiqadigan qilib ishlangan. Haykaltaroshlar vaziyatga qarab haykalning boshini olib tashlashgan va unga boshqa odamga tegishli boʻlgan “bosh”ni joylashtirishgan.

2. 1911-yilda Mona Liza surati Luvr muzeyidan oʻgʻirlab ketilgan. Devordagi boʻsh joy muzey mehmonlarini suratning oʻzidan ham koʻproq jalb qilgan.

3. Pikasso surat chizishni hali yurmasidan avval oʻrgangan, ispan tilida aytgan birinchi soʻzi esa “Qalam” boʻlgan.

4. Mashhur rassom Leonardo da Vinchi hech qachon jonivorlar goʻshtini isteʼmol qilmagan. U koʻpincha qafasdagi qushlarni sotib olar va ularni ozodlikka chiqarib yuborardi.

5. Van Gog butun umri davomida oʻzi chizgan suratlarning faqat bittasini sota olgan. Oʻlimidan keyin esa asarlarining qiymati keskin oshib ketgan. Bugungi kunda rassom asarlarining qiymati 100 million AQSh dollaridan oshadi.