Ayni paytda Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2022-yilgi vazifalar toʻgʻrisida xalqqa murojaati boʻlib oʻtyapti.
Unda AOKA tomonidan tashkil etilgan media-turda ishtirok etayotgan Respublika va mahalliy OAV vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda bevosita Samarqandda boʻlib turgan Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilda 77,4 ming nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanmoqda. Jumladan, ularning 40 ming 360 nafari tadbirkorlikni rivojlantirish, tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga hamda 37 ming nafari doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtiriladi.
Qayd etilishicha, barcha yoʻnalishlarda davlat tomonidan 4 488 nafar fuqaroga 92 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratilgan.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 8,1 ming nafar ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun, 6,3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Keltirilishicha, bugungi kunda viloyatdagi ishsizlik darajasi 9,7 foizni tashkil etib, 155 ming nafar fuqarolar ishsizlar roʻyxatida turibdi. Har yili mehnat bozoriga 75 ming kishi kirib keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!