18-apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

  • 11:10 / 17.04.2021
  • 181

Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.

Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

1-maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.