2 yilda 120 ming gektardan ortiq yer talon-taroj qilingan yoki hokimlar tomonidan berib yuborilgan

  • 13:59 / 09.06.2021
  • 70

Bugun, 9-iyun kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va vazirlik mutasaddilari ishtirokida yer sohasidagi qonunchilik yangiliklarga oid matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2 yilda 120 ming gektardan ortiq yer talon-toroj qilingan yoki hokimlar tomonidan berib yuborilgan.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimovning ma’lum qilishicha, 2 yilda prokuratura organlari tomonidan 7 500 dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2 500 dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident tadbirkorlik uchun yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinishini aytgan edi.