2019-yilda O‘zbekistonga qancha fuqaro kelgan va ketgan?

  • 12:25 / 24.01.2020
  • 392

2019-yil yanvar-dekabr oylarida O'zbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 8279,0 ming kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2018-yilning shu davriga nisbatan 29,8 foizga ortgan. 2019-yil yanvar-dekabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 12932,6 ming kishini tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kam. 

2019-yil 12 oyi mobaynida MDH davlatlaridan O'zbekistonga kelgan chet el fuqarolari 7661,4 ming kishini tashkil etgan bo'lib, bu jami tashrif buyurganlarning 92,5 foizni tashkil etgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa 617,6 ming kishi tashrif buyurgan.

2019-yil oralig‘ida O'zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining 54,4 foizi (4500,3 ming kishi) erkaklar, 45,6 foizi (3778,7 ming kishi) ayollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, ketgan O'zbekiston fuqarolarining 57,9 foizi (7488,3 ming kishi) erkaklar, 42,1 esa foizi (5444,3 ming kishi) ayollarni tashkil etgan.