2020 yilda Turkmanistondan $335 millionlik elektr energiya va neft mahsulotlari import qilingan – statistika

  • 17:27 / 29.04.2021
  • 204

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020-yilda ikkala davlat tashqi savdo aylanmasi – 527,1 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan 128 mln AQSh dollari eksport bo‘lsa, import 399,1 mln AQSh dollarini tashkil qilgan.

O‘zbekiston eksport yuqori ulushga ega sohalar:

– Xizmatlar – 53,8 mln.

– Kimyoviy mahsulotlar – 38,2 mln.

– Oziq-ovqat mahsulotlari – 16,9 mln AQSh dollari.

Shuningdek, importida yuqori ulushga ega bo‘lgan sohalar esa:

– Energiya va neft mahsulotlari – 334,8 mln.

– Kimyoviy mahsulotlar – 46,2 mln.

– Mashina va asbob uskunalar – 2,9 ming AQSh dollari.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-choragida O‘zbekiston va Turkmanistonning tashqi savdo aylanmasi 100,7 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bunda eksport hajmi 23,9 mln va import hajmi 76,8 mln AQSр dollariga teng.