2021–2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi

  • 12:30 / 01.04.2021
  • 158

Hukumatning tegishli qarori bilan 2021–2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:
– davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi:
– davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aksiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi;
– davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar soni 2025-yilga qadar 30 foizgacha yetkaziladi. 

Shuningdek, 2021-yil 1-iyuldan davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qo‘mitasi tashkil etiladi.