2021-yil Toshkentda 30 ming nafarga yaqin o‘quvchi maktabni bitiradi

  • 10:15 / 14.05.2021
  • 170

Joriy yilda Toshkent shahri Xalq ta’limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi maktablarni 29 mingdan ziyod o‘quvchilar bitiradi. Ularni ish bilan ta’minlash, kelgusi hayotga mustaqil qadam qo‘yishiga ko’maklashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma‘lumot berildi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bitiruvchi yoshlarning 85 foizi OTMga kirish istagini bildirgan, 1 700 nafar o‘quvchi kasb-hunar kollejlarida va texnikumlarda o‘qishni davom ettirishni tanlagan bo‘lsa, 400 nafardan ortiq yoshlar esa chet el OTMlarida ta’lim olish istagini bildirgan. 

Bundan tashqari 2 ming nafardan ortiq o‘quvchi ishlash hamda 274 nafar bitiruvchi harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan.

Shuningdek, 57 nafar ta’limga tortilmaydigan (nogiron) o‘quvchi yoshlarni uy sharoitida ish bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.