2021-yilda 6,5 mlrd. dollarga teng loyiha orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi

  • 16:43 / 12.07.2021
  • 207

Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, 2016–2020 yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga jami 89 mlrd. dollarlik investitsiya kiritilgan bo‘lib, ulardan 19,5 mlrd. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlardir.

Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida davlat investitsiya dasturlari doirasida 791ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan va natijada 86 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa jami 59,1 trln. so‘mlik 10 586ta loyihaning amalga oshirilishi 131,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga imkon bergan.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilda umumiy qiymati 6,5 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 226ta yirik va muhim loyihaning ishga tushirilishi orqali 34 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.