2021-yilda sotilagan eng qimmat avtoraqamning qiymati ma’lum qilindi

  • 14:44 / 09.07.2021
  • 436

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi 2021-yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilda 2020-yilning mos davriga nisbatan 56,4 foizga o‘sib, 39 trln. 450,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 139,1 mlrd. so‘mlik 70 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan. 

Bunda, avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha – 50,6 foizga o‘sdi. 

Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln. so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln. so‘mga teng bo‘ldi.