2032-yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari mezboni aniqlandi

  • 14:09 / 21.07.2021
  • 58

Ushbu mamlakat o‘z tarixida uchinchi bor Olimpiadaga mezbonlik qiladi

Tokio shahrida start olayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlaridan avval Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 138-Sessiyasi o‘z ishini olib bormoqda. Bugun unda 2032-yilgi XXXV yozgi Olimpiya o‘yinlarining mezbon shahri maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, delegatlarning ko‘p sonli ovozi bilan Avstraliyaning Brisben shahri 2032-yil bo‘lib o‘tadigan XXXV yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qabul qiladigan bo‘ldi. Shuningdek, nomzodlar orasida Indoneziya, Hindiston va Qatar kabi davlatlarning shaharlari o‘rin olgan edi.

Eslatib o‘tish joiz, bungacha Avstraliya o‘z tarixida 2 bor, 1956-yil Melburn hamda 2000-yil Sidneyda Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan. 

Ma’lumot uchun, yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024-yil Parij, 2028-yil esa Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.