21-may kuni o‘zbekistonliklar Clubhouse'ning Android-versiyasini yuklab olishi mumkin

  • 15:31 / 17.05.2021
  • 112

Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i dastlab faqat iOS operatsion tizimi uchun taqdim etilgan bo‘lib, 2021-yil 16-may kuni uning Android talqini ham chiqqan. Ammo hozircha uni faqat AQSh, Angliya, Kanada, Avstraliya hamda Yangi Zelandiyadagi foydalanuvchilargina ishlata oladilar.

Android-gadjetlar uchun Clubhouse shu haftadayoq butun dunyodagi barcha xohlovchilarga taqdim qilinadi. Bu jarayon ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 18-may kunidan boshlab Braziliya, Yaponiya hamda Rossiyadagi “yashil robotchali” devayslar egalari undan foydalana oladilar.

Oradan uch kun o‘tib, ya’ni 21-may kuni Clubhouse'ning Android-versiyasi butun dunyodagi barcha istovchilar uchun chiqadi. Shu tariqa, uzog‘i bilan 21-may kuni O‘zbekistonda ham barcha smartfonlarda ushbu dasturdan foydalanish imkoni tug‘iladi.

Eslatma, Clubhouse tarmog‘iga a’zo bo‘lishingiz uchun sizga ushbu tarmoq a’zolaridan biri taklifnoma jo‘natishi lozim.