28 yoshli ayolni fohishalik uchun sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

  • 17:12 / 04.06.2021
  • 264

Shu yilning 23-may kuni Samarqand shaharda yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan M.N. jinoiy sherigi, 1988-yilda tug‘ilgan K.B. bilan Nurobod tumanida yashovchi 28 yoshli B.B. ni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan.

Gumonlanuvchilar $800 miqdordagi pulni olib, uning fuqarolik pasportini sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan jinoiy ish ochilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zRJK ning 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.