Tolibon mudofaa vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Mulla Muhammad Yoqub O‘zbekiston va Tojikistondan harbiy texnikalarni qaytarishni talab qildi.
– Biz zaifmiz, lekin notavon emasmiz. O‘zbekiston va Tojikiston Toliblarning sabrini sinamay, afg‘on uchuvchilari olib qochgan samolyot va vertolyotlarni qaytarganlari ma’qul. Men sabr-toqatimizni sinab ko‘rmaslikka va bizni barcha mumkin bo‘lgan javob choralarini qo‘llashga majbur qilmaslikka chaqiraman”, – dedi Mulla Yoqub talabnomasining tafsilotlariga to‘xtalmasdan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgust oyida Ashraf G‘ani hokimiyati ag‘darilgach, o‘nlab uchuvchilar samolyot va vertolyotlar bilan O‘zbekiston va Tojikistonga qochishgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!