3 ta sport turi Parijda oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari dasturidan olib tashlandi

  • 11:33 / 23.08.2021
  • 482

Ularning oʻrniga Olimpiya oʻyinlari dasturiga breyk-dens qoʻshiladi.

2024-yilda Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari dasturiga 3 ta sport turi kiritilmadi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.

Unga koʻra, Tokio Olimpiadasida medallar oʻynalgan uchta sport turi, softbol, beysbol va karate sport turlari Parij Olimpiadasi dasturidan oʻrin olmagan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu sport turlari oʻrniga uch yildan keyin oʻtkaziladigan Olimpiadada breyk-dens yoʻnalishida medallar uchun kurash oʻtkazilishi kutilmoqda.