Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida joriy yil 6-yanvar kuni “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi asosida “IT-TANLOV”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov yakunlari bo‘yicha aniqlangan g‘oliblarga turli sovg‘alar, jumladan, 3ta yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan o‘quvchilarga diplom va noutbuk sovg‘a qilingan.
Bir muddat oldin tumandagi 41-maktab o‘quvchisi Sattorov Sardorning videomurojaati e’lon qilingan edi.
Mazkur tanlovning “Android ilovalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni olgan Nurobod tumanidagi 15-maktab o‘quvchisi Og‘abek Sobirovga ham eski noutbuk berilgani aytilmoqda.
Hokimlik holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgani va dastlabki o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!