Yana bir necha kundan soʻng, Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari start oladi.
Musobaqa tashkiliy qoʻmitasi bellashuvlar uchun chiptalarni ochiq savdoga chiqarmaslikka qaror qildi.
Avvalroq, Oʻyinlarga xorijlik muxlislarning kirishi taʼqiqlanishi haqida rasmiy maʼlumot berilgan edi. Taʼkidlanishicha, chiptalar maʼlum guruh toifalariga tarqatiladi.
Mahalliy muxlislarning kiritilishi boʻyicha esa rasmiy maʼlumot berilmagan.
Qayd etish mumkin, Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari 4-20-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qishki Olimpiadaga Putin, BMT bosh kotibi va bir nechta mamlakat rahbarlari tashrifi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!