$4,5 ming evaziga ichki ishlarga xizmatga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

  • 12:38 / 04.05.2021
  • 47

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Gʻ.Sh. fuqaro Sh. ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 500 AQSh dollari evaziga IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo‘yishga va’da berib, shundan 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Gʻ.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.