“5 soniya” qoidasi nima va u haqiqatdan ishlaydimi?

  • 16:00 / 09.06.2021
  • 244

“5 soniya” qoidasi polga tushib ketgan mahsulotlarni 5 soniya ichida olib isteʼmol qilish xavfsiz ekanligi gʻoyasini ilgari suruvchi konsepsiya hisoblandi.

Angliyaning Aston universiteti xodimlari “5 soniya” qoidasining qanchalar ishonchli ekanligini tekshirish maqsadida tadqiqot oʻtkazdilar.

Olimlar bakteriyalarning turli pol qoplamalari ustidan oziq-ovqat mahsulotlariga qanchalik tez oʻtishini tekshirib koʻrishgan. Tajribada laminat, plitka va gilamdan foydalanilgan.

Natijada gilamga tushib ketgan taomni 5 soniya ichida olib, isteʼmol qilganda ham ichak tayoqchasini yuqtirib olish xavfi kamligi tasdiqlandi. Bir soʻz bilan aytganda, “5 soniya” qoidasi haqiqatdan ishlaydi. Biroq, bu polga tushgan meva yoki boshqa mahsulotlarni yuvmasdan yeyish mumkin degani ham emas.