$6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

  • 12:56 / 22.07.2021
  • 52

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Bu haqda Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga o‘zini mehnat migratsiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 ming AQSH dollari talab qiladi. Shundan ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Yaponiyaga ishga jo‘natish uchun 3 ming 400 AQSh dollari olgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandik.