6 oy ichida hokimliklar 5 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan – Moliya vazirligi

  • 17:39 / 26.08.2021
  • 142

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-yarim yillikda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag‘larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Hisobot davrida o‘tkazilgan 3 480 ta (2020-yilning 1-yarim yilida 2 010 ta) nazorat tadbirlarida jami 372,7 mlrd. so‘m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan.

Vazirlik Departamentiga ko‘ra, jumladan, hokimiyatlar (5 mlrd. so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd. so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd. so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd. so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd. so‘m), Andijon (33,2 mlrd. so‘m), Jizzax (28,3 mlrd. so‘m), Toshkent (24,1 mlrd. so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd. so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (15,6 mlrd. so‘m), Samarqand (15,5 mlrd. so‘m), Buxoro (11 mlrd. so‘m), Namangan (10,4 mlrd. so‘m), Xorazm (8,7 mlrd. so‘m), Navoiy (2,1 mlrd. so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (21,1 mlrd. so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd. so‘m) moliyaviy qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.