7 oyda O‘zbekistonga $1 millionlik qahva import qilingan – statistika

  • 18:00 / 28.08.2021
  • 163

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 196,4 tonna kofe import qilgan.

Kofe importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 257,6 ming AQSh dollariga ko‘p.

O‘zbekiston o‘tgan 7 oy mobaynida kofe import qilingan asosiy davlatlar:

–  Rossiya – 57,4 tonna
–  Italiya – 52,6 tonna
–  Braziliya – 34,0 tonna
–  Vyetnam – 22,6 tonna
–  Belorus – 13,1 tonna
–  Germaniya – 2,8 tonna
–  Turkiya – 2,7 tonna