$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

Sun’iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi – Hukumat qarori

10:57 / 30.11.2021

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.

Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.

Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensasiya qilinadi.

Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.

 


Bu ham qiziq

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
16:30 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqar…
14:55 / 21.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun “suyunchi puli” olish huquqiga …
14:03 / 22.05.2026
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir.
07:13 / 22.05.2026
Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

"Ushbu yo‘lda barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilsak, bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, ko‘zlagan baland marralarga…
12:29 / 22.05.2026
Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forum tashkil etild
10:06 / 24.05.2026
Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qon shahrida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:32 / 21.05.2026
“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

22-may kuni poytaxtda futbol bo‘yicha milliy terma jamoani Jahon chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi.
15:32 / 21.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!