Aviatsiya biznesida to‘rt oydan beri faoliyat olib borgan bo‘lsak ham hali hech narsa qilmadik – “Uzbekistan Airports AJ” raisi

  • 18:02 / 12.02.2020
  • 340

Bugun, 12-fevral kuni Hilton mehmonxonasida “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” birinchi xalqaro aviatsiya forumi doirasida matbuot anjumani o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur anjumanda bir qator vazirlik rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Jumladan Transport vaziri Elyor G‘aniyev sohadagi kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.

– O‘zbekistondagi aeroportlar holatini yaxshilash ustida ishlanmoqda. Hususan Samarqand va Termiz aeroportlarida yangi uchish va qo‘nish yo‘laklari tashkil etiladi. Buning natijasida aeroportning yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 500 tadan 1,5 mingtaga oshirishiga erishiladi. Yaqinda faoliyat boshlagan Andijon aeroportini ham rekonsturiksiya qilish orqali barcha turdagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi hamda amalga oshirilayotgan qatnovlar sonini 200 barobarga ortishiga erishladi”, - dedi Transport vaziri Elyor G‘aniyev.

O‘zbekiston aeroportlarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar va  yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati haqida “Uzbekistan Airports AJ” raisi Ravshan Ismailov qayidagilarni aytib o‘tdi:

– “Uzbekistan Airports AJ”ga o‘tganiga to‘liq 4 oy bo‘ldi. Hozirgi kunda ancha ish olib borilmoqda. Xorijiy konsultantlar bilan Toshkent aeroportini rekonstruksiya qilish rejalari ustida ish olib borilmoqda. Bu 2020-yilda hal bo‘ladi. Shuningdek, aviatsiya biznesida 4 oy faoliyat olib borgan bo‘lsak ham hali hech narsa qilmadik. Chunki bu boshqa transport vositasiga qaraganda tez natijali emas. Bu avtobus yoki taksi emas – bir-ikki haftada natija beradigan. Bugungi qilingan ishlar 6 oy yoki bir yilda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Bahordan aviatsiyada 2 ta mavsum bor. Bahordan boshlab 110 ta yangi reyslar O‘zbekistonga ko‘paytirilmoqda. Bu degani ham turizm uchun ham o‘zbekistonlik fuqarolar uchun bilet narxlari tushishiga imkon beradi. Bu degani qancha aviakompaniya O‘zbekistonga kelsa, biletlar narxi tushadi va raqobatdoshlik kuchayadi. Hozirgi kunda aviakompaniyalar uchun tariflar ustida alohida ish olib borish natijasida 20-30 foizgacha chegirmalar joriy qilindi. Bu yilgi rejalarga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan 5 mingta reysga ko‘paytiriladi. Hozirgi kunda 6,5 ming yo‘lovchi O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, bu yilgi rejalar ular sonini 8 mingtaga yetkazish va bundan ham oshirishdir.

Xabardor.uz