BAA O‘zbekistonga 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

  • 08:20 / 28.03.2020
  • 951

Joriy yilning 27-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam maxsus reys bilan Toshkent aeroportiga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi

“Tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar bizga COVID-19 hujumiga qarshi turishga yordam beradi. Biz bu og‘ir damlarda yolg‘iz emasligimizni bilishdan mamnunmiz va ayniqsa, mamlakatingiz old qatorlarda koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda bizni ham qo‘llab-quvvatlayotganingizni qadrlaymiz. Sizga egilib ta’zim qilamiz, vatandoshlarimning duolari ushbu sinov paytida sizni va yaqinlaringizni himoya qilsin”, dedi Otabek Umarov.