BAAda ham koronavirus bilan kasallanganlar aniqlandi

  • 17:26 / 29.01.2020
  • 1109

Birlashgan Arab Amirliklarida ilk marta koronavirus yuqtirgan bemor aniqlandi. Bu haqda BAA sog‘liqni saqlash vazirligi xabar tarqatgan.

Xabarlarga qaraganda Xitoyning Uxan shahridan qaytgan oilada kasallik aniqlangan. Kasallanganlarning ahvoli barqaror bo‘lib, ular tibbiy nazorat ostiga olingan.

Hozirda epidemiologik tekshiruv markazlari kasallikning yangi holatlari haqida o‘z vaqtida xabardor qilish uchun ish olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Germaniya va Yaponiyada ilk marta Xitoydan tashqari koronavirusning odamdan odamga yuqish holati aniqlangan edi.