Birja: hafta davomida valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati qariyb ikki martaga oshdi

  • 16:15 / 18.02.2020
  • 255

2020-yilning 10–16-fevralida “O‘zRTXB” AJ da 1 064,1 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 8 foizga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 402,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 885,9 mlrd. so‘mdan 945,5 mlrd. so‘mgacha oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati qariyb ikki marotabaga oshib 2,5 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilen mahsulotlarning ulushi 51 foiz, suyultirilgan gaz ulushi 32 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 17 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 46 foizga o‘sib 51,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 10,8 mlrd. so‘mga yetdi, yoki tuzilgan bitimlarning 31 foizni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 63,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 6 foizga o‘sdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 15,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 910 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,9 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga 49,6 foiz ikkinchi va 32,5 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.