Bosh prokururatura o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni aniqladi

  • 18:52 / 12.12.2019
  • 445

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida yerdan foydalanishga oid qonunlar ijrosi o‘rganilganda, joriy yilning dekabr oyida 9 ming 169 ta holatda 1 mimg 203 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlandi. 

Egallangan yerlarda qurilish ishlari boshlab yuborilgan 

3 ming 753 ta holatda 364 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilingan. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Xabardor.uzga ma’lum qildi. 

Bunday salbiy holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda. 

DXM’ga to‘qqiz yuzdan ortiq murojaat tushgan

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga egalik huquqini e’tirof etish haqida Davlat xizmatlari markazlariga 932 ming 748 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 574 ming 213 tasi qanoatlantirilgan. 

Murojaatlarning ikki yuzga yaqini rad etilgan

Shuningdek, turar joyi aholi punktlarining bosh rejalari loyihalariga to‘g‘ri kelmaganligi, shaharsozlik normalariga rioya etilmagan holda qurilganligi, ular tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashganligi va boshqa shaxslarning huquqlarini buzganligi sababli 179 ming 824 tasi rad etilgan. Yana 178 711 ta murojaatni ko‘rib chiqish davom etmoqda. 

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Xabardor.uz