Buxoroda “Nexia-3” portladi. Qurbonlar bor

  • 20:06 / 20.03.2020
  • 933

Bugun, 20-mart kuni Buxoro shahrida “Nexia-3”avtomobili portladi, deb xabar bermoqda Tergov departamentining Matbuot xizmati.

Hodisa tafsilotida aytilishicha, soat 17:20 da haydovchi 50 yoshli I.N., o‘zining boshqaruvidagi “Nexia-3 Ravon” avtomashinasida Buxoro shahar A-380 yo‘lining 222 kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida avtomashina orqa yukxonasida o‘rnatilgan “metan” gaz balon portlagan.

Portlash natijasida avtomashina 50 yoshli L.S., hodisa joyida va 24 yoshli A.U., va voyaga yetmagan 3 yoshli A., ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Avtomashina haydovchisi I.N., va yo‘lovchi 27 yoshli B.U.,larga yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda tergov-tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, portlash sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.