Dunyodagi eng ajoyib restoranlar

  • 21:02 / 17.12.2019
  • 1707

Dunyoda hayotingizda kamida bir marta tashrif buyurishingiz kerak bo‘lgan ajoyib joylar juda ko‘p. Shunday restoranlar borki, u yerning taomlari va xizmatlaridan qat’i nazar, go‘zalligi hamda qulayligi uchun ham borgingiz keladi.

Quyida yer yuzidagi eng yaxshi restoranlar haqida ma’lumot tayyorladik. Tanishib chiqsangiz, u yerning jozibasidan hayratlanib, ishtahangiz ochilganini ham sezmay qolasiz.

1. Grotta Palazzese, Bari, Italiya

Tabiat tomonidan yaratilgan tepalikdagi kechki ovqat haqida nima deyish mumkin? U yerda dengiz ikkita katta tabiiy teshiklarni hosil qilgan, natijada diametri, taxminan, 30 metr bo‘lgan ulkan yarim doiradagi hudud paydo bo‘lgan. Bir vaqtlar u yerda ziyofatlar va tadbirlar o‘tkazilardi, ammo hozir bu hududda noyob italyan taomlari restorani joylashgan.

“Panoramic” restorani, Shamoni, Fransiya

Restoran Brevan tog‘ining tepasida, Fransiya Alp tog‘larida dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan. Ajoyib tog‘ manzaralarini tomosha qilib, oshpazlar tomonidan tayyorlangan mazali taomlarni tanovul qilishingiz mumkin.

3. Ithaa Undersea Restaurant, Maldiv orollari

Suv osti restorani 5 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, atigi 14 kishiga mo‘ljallangan. Mustahkam qurilgan shiftlar tagida tashrif buyuruvchilar okean go‘zalligining 270 darajali panoramik ko‘rinishidan zavq oladilar. Mehmonlar mahalliy va Yevropa taomlarini tatib ko‘rishga taklif qilinadi, ammo tashrif buyuruvchilar bu yerga faqat taom yeyish uchun kelmaydi.

4. Ali Barbour’s cave restorani, Diani-Bich, Keniya

Agar siz Keniyaga borsangiz, unda ushbu restoranga tashrif buyurishni unutmang. U g‘orda joylashgan. Ichki dizayni an’anaviy afrikancha uslubda yaratilgan bo‘lib, chiroqlardan tushgan yorug‘lik romantik va sehrgarlik muhitini yaratadi.

5. The Sierra Mar restorani, Kaliforniya, AQSh

Dengiz tomonga qarab quyosh botishidan zavqlaning va mazali taomlardan bahramand bo‘ling – bu zavqni San-Fransisko yaqinidagi qo‘riqxonada joylashgan Kaliforniya restorani bilan birlashtiring. Haqiqiy Kaliforniya orzusi!

6. The River Cafe, Nyu-York, AQSh

Bu shahar millionlab odamlar orzusidir. U yerda narxlar yuqori, lekin tashrif buyurishga arziydi. Chunki bir umr esda saqlanuvchi taassurot qoldiradi.

7. The Samaya Villas Bali, Bali, Indoneziya

Bali o‘zining g‘aroyib quyosh botishi va plyajlari bilan mashhur, shuningdek, okean qirg‘og‘idagi ajoyib kechki ovqatlari bilan ham o‘ziga jalb qiladi. Xuddi shu nomdagi restoran mehmonlarga quyoshning botishini va dunyodagi eng yaxshi oshxonalarning mazali taomlarini tatib ko‘rishni taklif qiladi.

8. Le Jules Verne, Parij, Fransiya

124 metr balandlikdagi Parijning eng mashhur restoranlaridan biri Eyfel minorasida joylashgan. Yuqori etikaga ega restoranda mazali taomlardan tashqari madaniy dasturlar, musiqa va ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etilgan.

9. Skyline restorani, Kuinstaun, Yangi Zelandiya

Kuinstaun shahri diqqatga sazovor joy, u sayr qilishni, balandlikdan sakrashni va boshqa ekstremal ko‘ngilochar o‘yinlarni taklif etadigan sarguzashtli turizm markazi hisoblanadi. Tog‘ kanatining eng yuqori qismida go‘zal landshaftlarni taqdim etuvchi restoran joylashgan.

10. Delaire Graff restorani, Stellenbos, Janubiy Afrika

Yana bir gastronomik sayohatni Simonsberg tog‘i va Janubiy Afrikadagi uzumzorlarni tomosha qilish orqali amalga oshirish mumkin. U yerdagi restoran ekzotik Afrika taomlari va sharoblarini taklif etadi.

11. Ngorongoro Krater Lodge, Ngorongoro, Tanzaniya

Tanzaniyadagi ulkan Ngorongoro krateri chekkasida joylashgan mehmonxona va restoran hech kimni befarq qoldirmaydi. U Afrikaning juda g‘aroyib manzaralarini taqdim etadi. Siz qo‘riqxona hayvonlarini yuqoridan turib tomosha qilishingiz mumkin.

12.The Signature Room at the 95th, Chikago, AQSh

Chikagoga tashrif buyuring va tunda balandlikdan zavqlaning. Chikagodagi restoran John Hancock Center minorasining 95-qavatida joylashgan bo‘lib, u shahar va Michigan ko‘lining ajoyib manzaralarini taqdim etadi. Agar siz quyosh botishidan oldin stolga buyurtma bersangiz, Chikagodagi chiroqlar yog‘dusini ko‘rishingiz mumkin.