Elektron onlayn-auksionlarda to‘rt kunda 8 milliard so‘mga yaqin mol-mulk sotilgan

  • 17:47 / 26.01.2020
  • 420

20-24-yanvar kunlari “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan elektron onlayn-auksionlarda 318 ta mol-mulklar 7 mlrd. 849 mln. so‘mga sotildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Auksion savdolarida mol-mulklarning yo‘nalishlar bo‘yicha sotilgan narxi va soni bilan tanishing:

1 so‘mlik bo‘sh binolar jami 14,2 mlrd.so‘m investisiya kiritish va 105 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan sotilgan.
Boshlang‘ich narxi 138 mln.so‘m bo‘lgan 2 ta davlat ulushlari elektron onlayn-auksionlarda 333 mln.so‘mga sotildi. Ushbu onlayn savdolar g‘oliblari 4,8 mlrd. so‘m investisiya kiritish hamda 33 ta yangi ish o‘rinlari yaratish majburiyatini qabul qilib olgan.