Habib Nurmagomedov Fergyuson – Getji jangida kimni favorit deb bilishi ma’lum bo‘ldi

  • 17:20 / 28.04.2020
  • 776

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC 249 musobaqasi doirasida o‘tkaziladigan Toni Fergyuson va Jastin Getji jangida kimni favorit deb bilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, Habib bo‘lajak raqibi Getji bo‘lishiga ishonchi komil. U Jastin Tonini nokautga uchratishiga ishonadi. Lekin bu Getji uchun og‘ir jang bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Fergyuson – Getji jangi g‘olibi sentabr oyida Habib Nurmagomedovga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda asosiy jang Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Habib Rossiyadagi karantin sabab musobaqada ishtirok etolmaydigan bo‘ldi va uning o‘rnini Jastin Getji egalladi. Keyinroq siyosiy bosim ostida bu juftlikning jangi ham bekor qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, UFC 249 musobaqasi 9-may kuni Florida shtatidagi “VyStar Veterans Memorial Arena”da bo‘lib o‘tadi