Habib Nurmagomedov otasining sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumot berildi

  • 16:37 / 02.06.2020
  • 921

UFC’ning yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov Abdulmanap Nurmagomedovning sog‘ligi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli Habibning otasi bir necha hafta davomida Moskvadagi shifoxonada yotibdi, uning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Umarning so‘zlariga ko‘ra, Habibning otasining sog‘ligida ahvol yaxshilangan, ammo yaxshi xabar yo‘q.

“Aniq ma’lumotlar, aniq yangiliklar yo‘q. Ammo amakimning ahvoli og‘ir. Biroz yaxshilanish dinamikasi bor, lekin unchalik yaxshi yangiliklar yo‘q”, – deb aytgan Umar Nurmagomedov.