Habib va Fergyuson 6-mart kuni matbuot anjumanida ishtirok etadi

  • 16:52 / 27.02.2020
  • 1157

Keyingi hafta Nevada shtatining Las-Vegas shahrida UFC Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ishtirokida jang oldidan maxsus matbuot anjumanini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda MMAmania nashri.

Xabarda aytilishicha, anjumanga faqat Nurmagomedov va Fergyuson kiradi. Chunki tadbir uchun biletlar allaqachon oshiqchasi bilan sotib bo‘lingan. Matbuot anjumani 6-mart kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang 18-aprel kuni Nyu Yorkdagi Barclays Center arenasida bo‘lib o‘tadi. 

Habib bir necha oy oldin Abu-Dabida UFC musobaqasida Dastin Poryeni mag‘lubiyatga uchratib, kamarni o‘zida saqlab qolgandi. 

Fergyuson esa so‘nggi to‘rtta jangda Rafael dos Anjos, Kevin Li, Entoni Pettisni mag‘lubiyatga uchratgan.