Habibni qo‘rqoqlikda ayblash xato – Aleksandr Shlemenko

  • 17:43 / 02.04.2020
  • 538

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Shlemenko Habib Nurmagomedovning Toni Fergyusonga qarshi jang qilmasligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda Sport News nashri.

MMA jangchisining ta’kidlashicha, jang bekor qilingani uni xafa qilmagan. Dunyodagi vaziyat juda murakkab. Bundan tashqari, ular o‘rtasidagi jang to‘rt marta qoldirilgandi. Barcha omillar jangning bekor qilinishini ko‘rsatib turgandi. 

“Habibni qo‘rqoqlikda ayblashni boshlashdi. U juda ehtiyotkor va har doim shunday bo‘lgan. Har bir jangdan oldin u doim o‘zi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.

Habibni qo‘rqoqlikda ayblash xato. U Fergyusondan qo‘rqdi... Buni eshitib, kulgim kelyapti.
Uning o‘ziga xos hisob-kitobi bor. Shuning uchun faoliyatida hech qanday mag‘lubiyat yo‘q.

Habib hozir chempion, hammasi uning qo‘lida. Ammo Xudo saqlasin, u xato qilsa, hamma buning nimaga olib kelishini tushunadi”, deydi Shlemenko.