Iqtisodiyotga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi ma’lum qilindi

  • 09:54 / 28.03.2020
  • 299

Markaziy bankning 2019-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi haqidagi ma’lumotnomasi chop etildi.

Unda mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirib kelishi shuningdek, xorijiy investorlar tomonidan daromadlarning reinvestitsiya hajmi haqida aborot taqdim etiladi.

“2019-yil mobaynida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirib kelishi 2,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Mamlakatga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) doirasida investitsiyalar repatriatsiyasi hajmining ortishi bilan sezilarli darajada qoplandi”, deyiladi ma’lumotnomada. 

Natijada, hisobot davrida kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi (MTB asosida ishlovchi korxonalarni inobatga olmaganda) 2018-yilga nisbatan 3 baravardan ziyodga ko‘paygan bo‘lsa, xorijiy investorlar tomonidan daromadlarning reinvestitsiya hajmi esa sezilarli darajada o‘zgarmagan. 

Shu tariqa Markaziy bank 2019-yilda bosh kompaniyalardan jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlarning sof ko‘payishi 169 mln. dollarga teng bo‘lganini shuningdek, MTB doirasidagi sof to‘lovlar 672 mln. dollarni tashkil qilganini ma’lum qilmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar komponentlarining o‘zgarishi

Eslatib o‘tamiz, ushbu nashrda keltirilgan statistik ma’lumotlar 2020-yilning mart holatiga ko‘ra dolzarb hisoblanadi