Iroq shimolida bomba portladi. 6 kishi jarohatlangan

  • 17:40 / 16.03.2020
  • 275

Bugun, 16-mart kuni Iroq shimolidagi Tuz Hurmatu tumanida bomba ortilgan mototsikl portlab ketdi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.


Iroqning shimoliy Saladin viloyatidagi Tuz Hurmatu tumanida sodir etilgan bomba hujumida olti kishi jarohatlangan.


“Tuman markazidagi bozorda bomba o‘rnatilgan mototsikl portlab ketdi. Portlash ushbu hududga jiddiy moddiy zarar yetkazdi. Hujumni sodir etganlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot olinmadi”, dedi mahalliy politsiya boshlig‘i Mustafo Hasan.


Ko‘plab turkmanlar yashaydigan Tuz Hurmatu tumanidagi hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.