Jizzaxda gaz quyish shohobchasi portlab ketdi

  • 16:42 / 16.01.2020
  • 473

Bugun, 16-yanvar kuni taxminan soat 11:30larda, Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan. Bu haqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi. 

Bir kishi vafot etdi

Natijada mazkur MChJ ishchilaridan 40 yoshli fuqaro Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.